Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“BAHTIM SHUL – O’ZBEKNING ZULFIYASIMAN”

19:49, 02.03.2023      

Yaxshi sheʼr mudrab yotgan ruhiyatni uygʻotadi. Tongning nafasidek koʻngilga xush yoqadi. Koʻklam havosidek bahru dilingizni ochib yuboradi. Har yili erta bahorda ikki bogʻlam binafsha koʻtarib, oʻzbekning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim haykali qoshiga borar ekanmiz, beixtiyor qalbga yaqin misralari jaranglaydi:

Eʼzozlar, ardogʻlar uchun tashakkur,

Asli Siz oftobim, men ziyosiman.

Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,

Baxtim shul – Oʻzbekning Zulfiyasiman.

Ona yurt, sevgi, bahor madhiga yoʻgʻrilgan bu satrlar nurlangan har bir koʻngil hamisha shunday samimiy izhorlarga mushtoq. Tugʻilgan goʻshaga koʻngil rishtalari bilan bogʻlanib, shukronalik hissini tuyish ijodkor uchun qanchalik baxt boʻlsa, kitobxon uchun ham farahlidir.

Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar diorasida oliygohning Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetida ham "Zulfiyaxonim izdoshlari" nomli adabiy kecha tashkil etildi. Unda O’zbek ayolining betakror siymosi, sadoqat va sevgi timsoli Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi talaba-yoshlar tomonidan yuksak hurmat bilan yodga olindi.