Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“SPORT SALOMATLIK GAROVI”

19:49, 02.03.2023      

Ayollar va qizlarning sport bilan shugʻullanishi, jismoniy tarbiya va jismoniy mashqlar bilan mashgʻul boʻlishi ularning sog’lom hayot kechirishlarini ta’minlaydi. Yurtimizda ayollar sportiga berilayotgan alohida e’tibor natijasida ayollar o’rtasida so’nggi yillarda sport bilan shug’ullanuvchilar soni oldingi yillardan ancha ortib borayotganiga guvoh bo’lmoqdamiz.

Ayollar o’rtasida sport madaniyatini yanada rivojlantirish va ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida Farg'ona davlat universitetining Sport sog'lomlashtirish majmuasida professor-o'qituvchilar va ishchi hodim xotin-qizlar o'rtasida 8 - mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni"ga bag'ishlangan Voleybol musobaqasi start oldi. Baxslar qizg'in va ko'tarinki kayfiyatda o'tmoqda.

Shuningdek, talabalar turar joylari o'rtasida o'tkazilayotgan sportning stol tennisi va shashka turidan saralash o'yinlarining final bosqichiga start berildi.6-talabalar turar joyida Shashka bo'yicha final o'yinlari o'tkazildi. Bunda har bir talabalar turar joyidan saralash o'yinlaridan muvaffaqiyatli o'tgan 4 nafardan talaba-qizlar ishtirok etishdi.