Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

REKTORNING NAVBATDAGI UCHRASHUVI – CHET TILLARI FAKULTETIDA

08:34, 03.03.2023      

Fakultetlararo o’tkazilayotgan rektorning talabalar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Chet tillari fakultetida talabalari bilan bo’lib o’tdi. Uchrashuv kun tartibida talabalarning davlat va jamiyat hayotidagi o’rni, ularning ta’lim-tarbiyasi, chin insoniy fazilatlar kabi masalalar o'rin oldi.

Oliygoh rektori o’z so’zida bugun yurtimizda yoshlarmizning har bir sohada rivojlanishlari uchun ulkan imkoniyat eshiklari ochilgani, ayniqsa, ularning til bilish imkoniyatlaridan unumli foydalanayotganliklari nafaqat o’zlarining qolaversa, mamlakat kelajagi uchun istiqbolli ekani to’g’risida so’zlar ekan, bu borada talabalarning universitet hamda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularga yoshlarning munosabatlari qanday ekani shuningdek ularning kelajakdagi rejalari, taklif va mulohazalarini bilan qiziqdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvdan talabalarning o’zlariga bo’lgan ishonchlari yanada ortdi va bu ularning kelgusidagi maqsadlariga erishishda katta motivatsiya vazifasini bajarishiga ishonamiz.