Farg'ona davlat universitetida Iqtisodiyot fakulteti talaba-yoshlari uchun "Rektor va yoshlar" ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.
Muloqotda talabalar mamlakatimiz buguni va ertasi, ibratli tarixi xususida oliygoh rahbari mulohazalarini tinglar ekanlar, Yangi Renessans poydevori bo'lgan yoshlarning Vatan oldidagi burch va vazifalarini chuqur anglab bordilar. Bunda globallashuv davrida axborot madaniyati, turli yot g'oyalardan ogoh bo'lish to'g'risida ham so'z bordi.
Muloqot chog'ida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan turli mavzudagi savollarga javob olish bilan birga, universitet rektoriga taklif va muammolar bilan to'g'ridan to'g'ri murojaat qildilar. Uchrashuvning o'zida talalabalar murojaatlari qaydnomasi shakllantirilib, ijroga yo'naltirildi.