Farg‘ona davlat universitetiga BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti vakillari tashrif buyurdilar. Ularni universitet rahbariyati va Agrar qo‘shma fakulteti vakillari samimiy qarshi oldilar.
Muloqotlar chog‘ida mehmonlar Farg‘ona vodiysida aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqaruvchilar, fermerlar va ta'lim integratsiyasiga erishish, loyiha samarasini butun O‘zbekiston bo‘ylab keng tatbiq etish maqsadlarini ma’lum qildilar.
Ma'lumki, ushbu tashkilot - rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi islohotlarni teng asosda muhokama qiladigan va muvofiqlashtiradigan forum vazifasini bajaradi.
Uchrashuvlar davomida har ikki tomon oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, raqamli agratsiya sohasida o’z yangi loyihalari va innovatsion takliflarini taqdimot orqalli namoyish etdilar.
Kelishuvlarga ko’ra, endilikda qishloq xo’jaligi yo’nalishida yuqori imkoniyatlarga boy bo’lgan va tarmoq gullab-yashnayotgan, tabiiy qulay muhitga ega Farg’ona vodiysi tadqiqotlar uchun tanlanadi va ilmiy yondoshuvlar tomonidan Farg’ona davlat universiteti - asosiya ishtirokchi etib belgilanadi.
Uchrashuvlar yakunida mehmonlar universitetnig “Qatag’on qurbonlari” muzeyiga sayohat qildilar va ularga do’stona tarzda esdalik sovga’lari topshirildi.