Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya, ilm-fan rivojiga, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlashga bugun ham davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda. Bu yana ming-minglab iste’dodning sayqal topishi, mahoratlar charxlanishi, buloqlar ko‘z ochishi demakdir. Tanlagan sohasi sirlarining oxiriga yetishni istagan bu yoshlarning o‘yi so‘ziga, so‘zi amaliga, amali o‘yiga uyg‘un.
Bugunning yoshlarini oliy maqsadlari sari olg’a intilish g’oyasi ajdodlardan azaliy merosdir. Farzandlarni kamolotga yetkazish, ularni Vatanga munosib yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash xalqimizning umr mazmuniga aylanib kundalik hayotimizda chuqur o‘rnashib, amaliy ishlarga ko‘chganiga barchamiz guvohmiz.
Yuksak ma’naviyatli, oliyjanob fazilatli talaba-yoshlarni jamiyatimizga munosib etib tarbiyalash maqsadida Harbiy ta’lim fakultetida Farg‘ona shahar garnizoni harbiy prokurori, Adliya polkovnigi Sh.Saidov va 60 nafar kursantlar ishtirokida “Prokuror soati” o'quvi tashkil etildi.