Yaqinda Farg'ona davlat universiteti rektori tashabbusi bilan oliygoh jamoasi professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlarining farzandlariga minnatdorchilik xatlari yuborilgan edi.
Yoshlarda o'ziga xos motivatsiya va faxr tuyg'ularini oshirgan ushbu maktublarda oliygoh rahbari, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadovning jamoa a'zosi farzandiga samimiy tilaklari ifoda etilgan.
- "Uyimizga pochta orqali aynan mening nomimga kelgan xatni ochar ekanman, undagi “...ishonamanki, o'z bilimi, tajribasi bilan yoshlarga ma'rifat ulashayotgan insonning farzandi ham albatta eng namunali kadr bo'lib yetishadi va Vatanimizga, jonajon xalqimizga cheksiz sadoqat va muhabbat bilan xizmat qiladi” – degan so'zlarni o'qib, qalbimda ota-onam ishlaydigan dargohga va ustozlik kasbiga yuksak muhabbat, o'zgacha g'urur jo'sh ura boshladi," - deydi Mahliyo Sobirjonova.
Ko'pchilik yoshlarni ruhlantirgan ushbu maktublar universitetida mehnat qilayotgan har bir xodim xonadoniga kirib bormoqda.