Zulfiya ijodining haroratini ta’minlagan omil ham undagi jo‘shqin va faol insonparvarlik, poetik timsol, go‘zal tuyg‘ular olamidir. Zulfiya lirikasi teran tafakkur va jo‘shqin hissiyot vobastaligidan hosil bo‘lgan she’riyatdir. Zulfiya she'riyati hissiy ta'sirchanligi, tuyg'ulari rozining originalligi, mushohada va ifoda tarzining o'ziga xosligi bilan betakrordir. Ayniqsa, ijodining umumbashariyligi va zamonaviyligini, asarlarida sadoqatu vafo tuyg'ulari insoniylikning bosh mezoni darajasiga ko'tarilganligini kashf etish hamon dolzarbdir.
Atoqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligi bayram dasturlari doirasida Pedagogika-psixologiya fakultetida “Zulfiya – bahor va muhabbat kuychisi!” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Talabalar tomonidan Zulfiya va Hamid Olimjonning ijodiga bag’ishlangan satrlar, onalarni ulug’lovchi she’r va qo’shiqlar ijro etildi. Tadbir so’ngida turli xalqaro tanlovlar va ilm-fan sohasida yutuqlarga erishgan bir guruh talabalar taqdirlandilar.