Farg'ona davlat universitetiga Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universitetidan professor-o‘qituvchilar tashrif buyurdilar.
Shu munosabat bilan Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasida ilmiy seminar tashkillandi. Seminarda Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti pedagogika fanlari doktori, professor boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedra mudiri Aziya Jumaboyeva hamda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedra o‘qituvchisi Jupat Astanboyevalar qatnashdilar.
Tashkil etilgan seminarda fakultet jamoasiga xalqaro mezonlar asosida nazariy hamda amaliy bilimlar berildi. Shu bilan bir qatorda, kafedra professor – o‘qituvchilariga metodik ko’mak berish maqsadida ijodiy izlanishlarida tegishli darsliklar, metodik, o`quv qo‘llanmalar hamda uslubiy ko‘rsatmalar taqdim etdilar.