Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

XALQARO HAMKORLIK

10:17, 06.03.2023      

Xorijiy o`qituvchi va professorlarning ta’lim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvini rivojlantirish maqsadida Farg’ona davlat universitetda ko’plab xalqaro hamkorliklar yo’lga qo’yilgan.

Ushbu xalqaro hamkorliklar doirasida Joriy yilning 28-fevral kunidan 7-mart sanasiga qadar muddatda Farg'ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti talabalariga Rossiya Federatsiyasi Shimoliy-Sharqiy federal universitetining “Mas-restling va milliy sport turlari” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi – Kudrin Yegor Petrovich va Druzyanov Ivan Ivanovichlar ma'ruza mashg‘ulotlarini o‘tish uchun tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrif davomida talabalarga “Sport o'yinlarini o'qitish metodikasi” moduli bo'yicha “Oliy ta'lim muassasalarida sport o'yinlari bo'yicha mashg'ulot, musobaqalar o'tkazish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.