Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“ROBOTEXNIKA” O’QUV – KURSI FAOLIYATI

15:48, 06.03.2023      

Zamonaviy texnologiyalar asrida bugungi kunda milliarderlar o‘nligidan asosan texnologik gigantlar joy olgan.

Zamonaviy texnologiyalar hayotimizga borgan sari chuqurroq kirib kelishi yoshida gadjetlardan bemalol foydalana olish imkoniyatini yaratmoqda. Natijada kreativ aql egalari, ixtirochiyoshlar safi tobora kengaymoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yoshlar o’rtasida robototexnikani o‘rganishiga imkoniyatlar paydo bo‘la boshlagani kishini quvontiradi.

Xususan, Farg’ona davlat universitetida ham bu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oliygohning Fizika-texnika fakultetining Fizika kafedrasi qoshidagi “Robototexnika” o‘quv-kursini muvaffaqiyatli tamomlagan birinchi bitiruvchilari o‘quv-kursini tamomlaganlik haqida “Sertifikat”larni qabul qilib olishdi.

Kursni tamomlagan bitiruvchilar kurs davomida o‘rgangan bilimlari asosida “Aqlli svetofor”, “Aqlli suv nasosi”, Masofadan boshqarilib turli hildagi funksiyalarni bajaruvchi robot mashina va mukammal ishlangan “Aqlli issiqxona” loyihalarini namoyish qilishdi. Fakultet dekani V.Rasulov o‘quv-kursini tamomlagan bitiruvchilarni tabriklab, kursda o‘rgangan bilimlari ish faoliyatida samara berishini ta’kidlab o‘tdi.