Barchamiz sevibtanovul qiladigan bahoriy taom “Sumalak” o’zbek xalqining milliy, o’lmas meroslaridan biri hisoblanadi. Uning paydo bo’lishi turli rivoyatlar bilan bog’liqdir. Shulardan biri: dehqon olib qo‘ygan oxirgi donini tezroq ekish uchun yaxshi niyatlar bilan oldinroq ivitib qo‘yadi. Lekin birdan ob-havo buziladi. Bug‘doy idishda nish urib o‘sa boshlaydi, ob-havo yaxshilanavermaydi. Dehqon oila a'zolari och turgan paytda bug‘doyni butunlay nobud qilmaslik choralarini izlay boshlaydi. U tavakkal qilib nish urgan va ancha bo‘y ko‘targan donni qiymalaydi va xotiniga bundan taom pishirishni buyuradi. Uy bekasi uni uzoq vaqt qaynatadi. Qarangki, oqko‘ngil dehqonning niyati xolis chiqadi. Undan hidi yoqimli, o‘zi to‘yimli, mazasi esa tanovul qilgan kishining uzoq vakt esida qoladigan darajadagi shirin taom hosil bo‘ladi. Vaqtlar o’tib bu taom xalqimizning milliy taomlaridan biri sifatida keng tarqalib, bahorning eng lazzatli taomiga aylanadi.
Bahorni sog’ingan qalblar uchun bugun Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakultetlari tomonidan 6-sonli Talabalar turar joyida "Sen bahorni sog‘inmadingmi" nomli Sumalak aksiyasi o'tkazildi.
Milliy aksiyada Yakutiya davlatidan kelgan olimlar ishtirok etib, talabalar o'rtasida o‘tkazilayotgan shaxmat-shashka musobaqasining final bosqichida ham qatnashdilar.