Sumalak sayli qadimdan Navro'z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga esh bo'lgan, kishilarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalashning yorqin namunasi sifatida ajdodlardan-avlodlarga meros bo’lib saqlanib kelmoqda. Sumalak Navro'zning shoh taomi hisoblanib, xushxo'r va tansiq taom hisoblanadi.
Bahorni sog’ingan dillar uchun bugun Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti tomonidan talaba-yoshlar uchun sumalak sayli tashkil etildi.
Yoshlar ongida milliy qadriyatlarimizga yuksak hurmat hissini yanada rivojlantirish, ularni birdamlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkillangan ushbu tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.
Tadbirda Farg'ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi professor-o'qituvchilar yaxshi niyatlar bilan duoga qo'l ochdilar.