Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​AYOLGA EHTIROM!

09:31, 09.03.2023      

Ayol bir qo‘li bilan beshikni, ikkinchi qo‘li bilan esa dunyoni tebratishga qodir bo‘lgan muhtarama zot hisoblanadi. Shu bois, istiqlol yillarida yurtimizda xotin-qizlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ularning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rinlari yildan-yilga faollashib bormoqda.

Ma’lumki, har yili bahorning ilk haftasida mamlakatimizning barcha joylarida8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tantanalari o‘tkaziladi. Unda ayollarga yanada ehtirom ko‘rsatilib, ularning sha’niga samimiy tilaklar bildiriladi.

Farg’ona davlat universitetida ham bugun ushbu ayyom munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tantanali ravishda o'tgan ushbu tadbirni universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ochib berar ekan, jamoadagi barcha xotin-qizlar-olimalar, ishchi xodimalarni go'zallik va nafosat ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi.

Bayram dasturi davomida go’zal kuy-qo’shiqlar yangradi.