Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​BAHOR MALIKASI

09:33, 09.03.2023      

Yurtimizda yasharish, yangilanish fasli bo'lgan bahor bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kunidir.

Ushbu sana birinchi marotaba 1908 yili Amerika Qo'shma Shtatlarida bayram qilingan. Dastlab bayramning qaysi kuni nishonlanishi borasida ancha chalkashliklar bo'lgan. Shuning uchun u 1909 yildan 1913 yilga qadar fevral` oyining oxirgi yakshanbasida nishonlab kelingan. 1911 yildan Xalqaro xotin-qizlar kuni Germaniya, Avstriya, Daniya va Shveytsariyada - 19 martda, keyinchalik esa 12 mayda nishonlana boshlangan. Nihoyat, 1914 yildan e'tiboran 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida belgilangan.

“8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbirlar doirasida Ingliz tili va adabiyoti fakultetida ham "Bahor malikasi" ko'rik tanlovi ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Talaba-qizlar 5 ta shart bo'yicha bellashishdilar. Ular tomonidan tayyorlangan chiqishlar, pazandachilik namoyishlari barchaga manzur bo'ldi. Tanlovda 22.109-guruh talabasi Aygerim Baxitova 1-o'rinni egallab, "Bahor malikasi" deb e'lon qilindi.