Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 426
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 328
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

MUQADDAS AYOL

14:29, 09.03.2023      

Ayol va Bahor degan muqaddas kalomlar bejizga yonma-yon yozilmaydi. Biz bahorning kelishi va uning beqiyos go‘zalligini munis ayollarimizning gulgun chehralariga qarab bilib olamiz. Mamlakatimizda yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar natijasida o’qimish, ziyoli, olima ayollarimiz safi kun sayin tobora ortib bormoqda.

Bugun ana shunday ziyoli ayollar va bo’lajak olimalarimizni Farg’ona davlat universiteti jamoasi 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan erta tongdan qizg’in qutladilar.

Xususan, oliygohning Chet tillari fakulteti, Tarix fakulteti, San’atshunoslik fakulteti hamda Matematika-infotmatika fakultetlarida faoliyat olib borayotgan ayollar va talaba-qizlarni ko’tarinki ruhda qarshi oldilar. Mehr-muhabbat, go‘zallik va soflik timsoli bo‘lmish muhtarama ayollar, hamisha e’zozimizda va hurmatimizdadir!