Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor. Aslida oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayzu barakat kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar, munis onalarimiz, opa-singillarimizdir.
Farg’ona davlat universitetining Tabiiy fanlar fakultetida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Onalarga ehtirom" deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
Xotin-qizlarimizga cheksiz hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, mashaqqatli mehnatlarini qadrlash va munosib rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyalash biz uchun ham qarz, ham farzdir.
Tantanali tadbir davomida munisa onalarimiz fakultet jamoasi tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.