Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FAKULTET MALIKASI

15:00, 09.03.2023      

Ayol, bu — borliq ko‘zgusidir. Uning go‘zalligi olamni charog‘on etadi. Chunki uning niyati pok, o‘zi pok. Shu bois bo‘lsa kerak, ayolini avaylab-asragan yurtning kelajagi porloq, deb naql qilishadi. Ushbu qiyosni Vatanimizga va uning biri-biridan latofatli, oqila o‘zbek ayollariga nisbat qilsak, xato bo‘lmaydi.

Bugungi kunda faol, o'z kasbining ustasi, ijodkor ayol va qizlarning jamiyatimizdagi o'rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Ayollarning nozik didi, har ishga qunt bilan yondashuvi, tabiatan saranjom-sarishtaligi ularning barcha sohalarda samarali mehnat qilayotganlarining sababidir.

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlab o’tkazilayotgan tadbirlar doirasida, Maktabgacha va boshlang'ich ta’lim fakulteti tomonidan, talaba-qizlar o'rtasida “Fakultet malikasi” nomli an'anaviy ko'rik-tanlov bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida sho’x kuy-qo’shiqlar yangrab, barchaga ko’tarinkilik baxshida etdi.