Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

BAHOR MALIKALARI

15:19, 09.03.2023      

Mehribon ona, suyukli yor, jonkuyar farzand bo'lishi bilan bir qatorda, ayollarning yurtimiz farovonligi, xalqimiz ravnaqi yo'lidagi xizmatlari hamisha maqtovga va e'zozga sazovor. Latofat va nafosat sohibasi, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtasi bo'lmish ayol zoti haqida tariximizda ulug' shoiru adiblar go'zal she'r va dostonlar bitgan bo'lsa, donishmand mutafakkir ajdodlarimiz qanchadan-qancha hikmatlarni bayon etganlar.

“8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbirlar doirasida Agrar qo‘shma fakultetida talaba-qizlar o‘rtasida an'anaviy "Bahor malikalari" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda to‘rt nafar talaba-qizlar turli shartlar bo‘yicha baxs olib borishdi. Ishtirokchilar mahorati holis hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi. Tadbir davomida fakultetning iqtidorli talabalari ijrosida qo‘shiq, raqs va she'rlar ijro etildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra birinchi o‘rinni 1-bosqich talabasi Mashrabova Farangiz egalladi.