Ayol! Ona! Bu hayotning yaratuvchisi, uni mukammal etguvchi zotdir. Hayot aslida onadan boshlanadi. Ona bor ekan, beshik tebranadi, allalar aytiladi. Ayol sha’niga aytilayotgan hamdu sano, ta’rifu tavsiflarning chek-chegarasi yo‘q. Dunyo taqvimida shunday kun borki, bu kunda mo`tabar onajonlar ulug`lanadi, ayollar, opa-singillarga esa hurmat ko`rsatiladi. Bu albatta, umumbashariy miqyosda o`tkaziladigan bahorning ilk kunlarida nishonlanuvchi “Xalqaro xotin-qizlar kuni”dir.
Mazkur sana munosabati bilan Farg’ona davlat universitetidaning barcha fakultetlarida ham ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Erta tongdan kuy-qo’shiqlar sadosi ostida gullar dastasi bilan oliygoh yigitlari tomonidan kutib olingan Muhtarama ayollar va talaba-qizlarga bahoriy bayramona kayfiyat ulashdilar.
Xususan, Oliygohning Yoshlar ittifoqi jamoasi, Fizika-texnika fakulteti hamda Agrar qo‘shma fakultetilarda tashkillangan bayram tabriklari oliygoh xotin-qizlarini quvontirdi.