Ma’lumki, joriy yilning 1- martidan boshlab respublikamizning barcha hududlarida "Xavfsiz hayot uchun" aksiyasiga start berilgan edi. Mazkur aksiya doirasida Farg’ona viloyatida kam ko’tarinki ruhda tashkil etildi.
Erta tongdan bayramona tus olgan “Tez yurish” musobaqasida Farg’ona davlat universiteti jamoasi peshqadamlardan bo’ldi. Xususan, Jismoniy madaniyat fakulteti 22.50-guruh talabalari Muslima Axlieva 1-o‘rinni, Shirin Teshaboeva 2-o‘rinni, 20.58-guruh talabasi Sitorabegim Qurbonova 3-o‘rinni, o‘g‘il bollar o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni Temur Abdulazizov egalladilar.
Ma’lumot o’rnida: Ushbu marafonda piyodalar 3km, velospedchilar esa 7km masofani bosib o’tishlari kerak bo’ladi, shu bilan birga barcha musobaqa qatnashchilari egnilariga o’zidan nur qaytaradigan maxsus nimchalarni kiyib olishlari talab etildi.