Bizga ma’lumki, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus - yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi.
Mazkur tashabbusning ikkinchi ustuvor yo'nalishi yuzasidan bugun Tarix fakulteti talaba-yoshlari o'rtasida futbol sport turi bo'yicha "Dekan kubogi" musobaqasi start oldi.
Musobaqada fakultetning barcha ta'lim yo'nalishlaridan saralab olingan talaba-yoshlar ishtiroki ta'minlandi. Musobaqa doirasidagi futbol uchrashuvlari fakulьtet rahbariyati, kafedra mudirlari va professor-o'qituvchilar nazorati ostida kunning ikkinchi qismida tashkil etilmoqda.