Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

VOLONTYOR YOSHLARINING BAYRAM TABRIGI

21:45, 09.03.2023      

Bahor faslining avvalida butun dunyo bo‘ylab Xotin-qizlar kunini nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Bunda ham, albatta, ramziy ma’no-mazmun bor. Zero tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga go‘zallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohangdir.

Ushbu qutlug‘ ayyom – “8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan Farg’ona davlat unvetsitetining ayollar jamoasini, talaba qizlarimizni, shuningdek, yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etish maqsadida Farg'ona davlat universiteti volontyorlar markazi jamoasi tomonidan universitet professor-ustozlar va rahbar xodimlarni bayram bilan tabriklab, pozitiv kayfiyat ulashildi!