Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​G’OLIBLAR TAQDIRLANDI

10:24, 11.03.2023      

So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samarasi, eng avvalo, turmushimiz tobora farovonlashayotganida, erishayotgan muvaffaqiyatlarimiz dunyo hamjamiyati tomonidan munosib e'tirof etilayotganida yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Xususan, Sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va ayollar sportini rivojlantirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar bugun o’z samarasini ko’rsatmoqda.

Malumki, Farg’ona davlat universitetining Talabalar turar joylarida talaba-qizlar o’rtasida sport musobaqalarini, tashkillash, orqali qizlarni sportning qaysi turiga qiziqishlarini aniqlash bilan birga ular orasidan iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish va istiqbolli yo'naltirish maqsadida sportning stol tеnnisi,shaxmat-shashka turlari bo’yicha musobaqalar tashkillangan edi.

8-mart Xotin-qizlar bayrami doirasida ushbu musobaqalarning yakuniy natijalariga ko’ra g’olib deb topilgan bir guruh talaba-qizlar oliygoh rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.