Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

"JOZIBA" KLUBI 1 – YOSHDA

10:35, 11.03.2023      

Sanʼat insonning moddiy va maʼnaviy qobiliyati va mahoratini namoyon etuvchi badiiy ijod mahsulidir. U insonlarga maʼnaviy - ruhiy ozuqa, estetik zavq berish uchun xizmat qiladi. Shu maʼnoda sanʼatning aynan raqs turi ham nafosat ramzi hisoblanadi. Bizning oʻzbek milliy raqslarimiz yosh avlodlar onggi va qalbidaezgulik, nafosat, maʼnaviy - estetik yetuklikka muhabbatni singdirishda katta ahamiyatga ega. Umuman olganda, turli millat raqslari ijrolarida ham insoniy fazilatlar, umumbashariy va milliy qadriyatlar va anʼanalar ifodalanganini koʻrishimiz mumkin.

Ayni shu maʼnoda Filologiya fakultetida ham talabalar bo‘sh vaqtlarini maqsadli band qilish, iqtidor qirralarini namoyon etishlariga zarur shart-sharoit yaratish, san’atga bo'lgan qiziqishlarini orttirish maqsadida “Joziba” qizlar raqs klubi faoliyati tashkil etilgan. Ushbu klubda fakultetning iqtidorli qizlari orasidaoʻzbek milliy va boshqa millat raqslarini oʻrganish va ularni turli tadbirlarda namoyish etish yoʻlga qoʻyilgan

Kuni kecha mazkur klub tashkil etilganliginining 1 yilligi munosabati bilan badiiy-musiqiy kecha tashkillandi. Unda “Joziba” klubi raqqosalari tomonidan o‘zbek va turli millat raqslari ijro etildi. Shu bilan birga, iqtidorli talabalari tomonidan she’rlar va qo‘shiqlar taqdim etildi. Kechada klub a’zolari va ularning ota-onalari fakultet ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlandi. Ushbu tadbir bahorning ilk kunlarida barcha yigʻilganlar orasida aʼlo kayfiyat uygʻotdi.