Jadidlarimizdan Mahmudxo'ja Behbudiy millat taraqqiyoti va istiqboli,Turkistonning kelajagi haqida o'ylar ekan, xalqni jaholat va nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqog'idan qutqarib olishning birdan-bir yo'li bu – ilm -ma'rifatli bo'lishdadir, degan xulosaga kelgan edi.
Bugun yurtimizda ta’limga bo’lgan yuksak e’tiborning zamirida ham ana shu ajdodlarimizning muqaddas orzu –istaklari yotadi, aslida. Buyuk ajdodlarga beshik bo’lgan bu zaminda yashayotgan bugunning yoshlari, barcha zamonlar ichra eng baxtli va barkomil farzandlardir.
Mamalkatimiz taraqqiyoti yo’lida amalga oshirilayotgan barcha islohotlarga yoshlarimizning munosabati va bu borada ularning muhim o’rni kabi masalalar yuzasidan Farg’ona davlat universitetining rektori yoshlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan bo’lib o’tgan ushbu uchrashuvda ta’lim sifatini yanada rivojlanishda yangi imkoniyatlar tilga olindiki, bu yoshlarimizning dunyoqarashini va imkoniyatlarini yanada kenggaytirishga asos bo’ladi. Bu borada talaba-yoshlarning tashabbus va g'oyalar buning isbotidir.