O‘tmishdan ma’lumki, har bir inson qalbida o‘z yurtiga sadoqat, fidoiy bo‘lish tuyg‘usi vatanparvarlikning oliy nishonasi hisoblanadi. Zero, inson uchun eng aziz va muqaddas bo‘lgan Vatanni himoya etish, uni sevish va e’zozlash har bir insondan buyuk ma’naviy jasoratni talab etadi. Inson ma’naviyatga qarshi qaratilgan jaholat g‘aflatga, loqaydlik esa beparvolikka giriftor etadi. Natijada, mazkur holat insonni vatan taqdiriga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini yo‘qotish orqali uni ma’naviyatini so’ndirishga zamin yaratadi. Mazkur holat, o‘z navbatida har qanday millat, xalqni o‘z taqdiriga raxna soluvchi tahdidlarga nisbatan muntazam ogoh, sezgir va hushyor bo‘lishga hamda ularga qarshi ma’rifat va ma’naviyat bilan javob berish borasida jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda.
Yoshlar o’rtasida ma’naviy uyg’oqlik va ogohlikni kuchaytirish, turli yot g’oyalar va tahdidlarga qarshi ma’rifat bilan javob berish kabi masalalari yuzasidan Farg'ona davlat universiteti talabalari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Farg'ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr konsert saroyida bo'lib o'tgan muloqotda yoshlarning yot g'oyalar va turli oqimlarga qarshi qarashlari o'rganildi. Suhbatlar va savol-javoblar orqali talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.