Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 426
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 328
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“YANGI NAFAS” YUGURISH MARAFONI

09:53, 14.03.2023      


Navro’z bayrami arafasida Xalqaro marafon aksiyalarini o’tkazilishi yurtimizda an’ana tusiga kirmoqda. Navbatdagi musobaqalar joriy 12-mart sanasida Respublikamizning 14 ta shahrida bo’lib o’tdi.

Reglamentga ko’ra, bu galgi musobaqalar 42, 21, 10 va 3 kmli masofalarda tashkil etildi. Unda professional sportchilarimizdan tortib barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etdilar. Ushbu tadbirda dunyoning turli davlatlarning atletlari ham qatnashdilar. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu Marafon Olimpia uchun litsenziya taqdim qilish imkoniyatini beradi.

“Yangi nafas” yugurish marafoni o’sib kelayotgan yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish shuningdek, aholini ommaviy tarzda sportga jalb qilish ko’zda tutilgan.

"Yangi nafas" aksiyasi doirasida o‘tkazilgan yugurish marafoni Farg’ona shahrida ham yuqori ko’tarinkilikda bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada Farg’ona davlat universitetining yoshlar jamoasi faol ishtirok etib quyidagi natijalarni qo’lga kiritdilar. Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari:

  • Shirin Teshaboyeva 2-o‘rinni;
  • Muslima Axliyeva 3-o‘rinni,

xavaskor sportchilar orasida:

  • Gulruh Odiljonova faxrli 1-o‘rinni,
  • Rohila Abdurahimjonova faxrli 2-o‘rinni,
  • Shohista Usmonova 3-o‘rinni,
  • Abduhalil Ismoilov fahrli 1-o‘rinni,
  • Roziya Ergashova faxrli 1-o‘rinni egalladilar.

Sportchilarga tashkilotchilar tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi.