Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​XALQARO KONFERENSIYA

12:36, 14.03.2023      

Yurtimizda oliy ta’lim sohasida dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, jumladan Britaniyada faoliyat ko‘rsatadigan oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama munosabatlar ko‘lamlarini kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Britaniya Kengashi tomonidan Toshkent shahrida Oliy taʼlim, Fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universiteti bilan hamkorligida “Yangi yoʻnalishlar” turkumidagi ingliz tilini baholash boʻyicha ikkinchi konferensiya oʻtkazildi.

Ingliz tili o’qituvchilari va tadqiqotchilar uchun sohaga oid ulkan rejalarga qanday erishish mumkinligi haqida fikr almashish va muhokama qilish uchun platforma vazifasini o'tagan mazkur tadbirda Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i S.To‘ychiboyzoda, Ingliz tili kafedrasi mudiri D.Mirzayeva va kafedra katta o‘qituvchisi D.Usmonovalar ishtirok etdilar.

Farg’ona davlat universitetining Ingliz tili kafedrasi bir necha yillardan beri Britaniya Kengashi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda va kelgusida ham ushbu samarali hamkorlikni davom etadi.