Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​"DEKAN KUBOGI"

21:33, 14.03.2023      

Sogʻlom turmush tarzi, inson salomatligini asrash, uzoq umr koʻrishning garovi ekanligi hammamiz uchun ayon haqiqat boʻlib, aholining sogʻlom turmush tarzi va farovon hayoti ifodasi hisoblanadi. Talaba-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sogʻlom hayotni shakllantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun sport toʻgaraklariga jalb etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.

Yoshlar o’rtasida sportning mini futbol turini yanada rivojlantirish maqsadida Farg’ona shahrining "Atletik" sport majmuasida Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti talaba-yoshlari o’rtasida bir hafta davom etgan minifutbol bo‘yicha "Dekan kubogi " musobaqasilari o'z nihoyasiga yetdi. Sovrindor bo’lgan guruh jamoalariga diplom, qimmatbaho sovg'alar va g'olib jamoaga ko'chma dekan kubogi topshirildi.