Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​XALQARO FORUM

21:42, 14.03.2023      


Oʻzbekiston-Tojikiston rektorlar 1-forumi oʻz ishini boshladi! Forum avvalida mehmonlar, Tojikiston oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovatsion sohadagi universitet yosh olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanma va ixtirolar, yutuqlari aks ettirilgan ko‘rgazma bilan tanishdilar. Forumning ochilish marosida ikki davlat vazirlik va idoralar masʼullari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Unda tomonlar qo‘shma ilmiy tanlovlar loyihalarini o‘tkazish, talaba va yosh olimlarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yoshlar o‘rtasida startap loyihalarini amalga oshirish, raqamlashtirish sohasida ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, nanotexnologiya, geologiya, biotexnoliya, sun’iy intellekt va boshqa sohalarda chuqur tadqiqotlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida ana’naviy o‘tkaziladigan INNOWEEK haftaligi doirasida Tojikistondagi ilmiy ishlanmalar, innovatsion texnologiyalarni namoyish etish shuningdek, talabalar o‘rtasida "TechnoWays" tanlovlarini o‘tkazish takliflari bildirildi.

Rahim Saidzoda ushbu tashrif ayni bahor faslining yangilanish ayyomi bo‘lgan Navro‘z arafasida bo‘lib o‘tayotganida ham ramziylik bor ekanini qayd etib, hamkorlik aloqalari yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, xalqaro forumda ikki davlat oliy taʼlim muassasalari o'rtasida xalqaro rishtalar yanada mustahkamlandi.

Xususan, hozirda Xo'jand davlat universiteti va Farg'ona davlat universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.