Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​"BU BIZNING TALABA"

21:46, 14.03.2023      

Sportning kurash turi qadimdan xalqimizning milliy sport musobaqalaridan biri bo’lib, yurtimizda har yili Navro’z shodiyonalari arafasida ushbu sport turi bo’yicha aholi o’rtasida yuksak saviyada kurash musobaqalar o’tkazish odat tusiga kirgan. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi.

Kurash o'ziga xos nozik hunar, ilmu- odob qorishmasi, uyg'unlashuvi bo'lib, bunda ustoz va shogirdalar o'rtasidagi o'zaro samimiylik, hamkorlik, hamrozilik, beg'arazlik, do'stona munosabat kabi ko’plab qadriyatlarimizni namoyon etadi.

Aholi va yoshlar orasida kurash san'atini yanada rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini yaratish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida

Farg'ona tumanida sportning erkin kurash turi bo'yicha "Prokuror kubogi" musobaqasi o'tkazildi. Ushbu musobaqalarda Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti talabasi Oxunov Xusniddin faxrli 1-o'rinni egalladi.