Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yana-da rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining turli qatlamlari, xususan, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish tobora kuchaymoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi yoʻnalishi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgani keyingi yillarda ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazishga keng yoʻl ochmoqda.
Talaba-yoshlargajismoniy va ma’naviy sog‘lomlik sog’lom turmush tarzining asosi ekanini targ’ib qilish, ular o’rtasida sportni ommaviyligini oshirish hamda ularning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi, shuningdek,sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Farg’ona davlat universitetining "Fizika-texnika" fakultetida talaba-yoshlar o'rtasida sportning mini futbol turi bo'yicha "Dekan kubogi" musobaqalari final bosqichi bo‘lib o‘tdi hamda g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.