Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 426
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 328
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​BILIMDON TALABA

22:05, 14.03.2023      

Badiiy asarlarni o‘qish yangi va noyob fikrlar tug‘ilishiga yordam beradi. Mutolaa insonni fikrlashga chorlaydi, dunyoqarashini boyitadi. Ba’zan, kelajak orzular ham aynano‘qigan badiiy kitoblar bilan bog‘liq bo‘ladi. Inson badiiy asarlarni o‘qish orqali tafakkuri yuksalib, ongida yorqin g‘oyalar paydo bo’ladi. Tabiat va jamiyatga nisbatan sog’lom munosabat shakllanadi.

Kitoblar manbalar va yangi bilimlarning haqiqiy xazinasidir. Inson turli mavzularda qanchalik ko‘p kitob o‘qisa, o‘z bilimini oshirishi bilan bir qatorda, o‘zaro muloqot qilish san’atini ham yaxshi egallaydi. Yoshlar o’rtasida kitobxonlikni kuchaytirish maqsadida, Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari o'rtasida "Bilimdon talaba" tanlovi o'tkazildi. Natijalarga ko'ra:

1-o'rinni: Usmonova Mohlaroy

2-o'rinni: Oripova Ominaxon

3-o'rinni: Soliyeva Sarvinozlar egallashdi.

Shuningdek, tadbir so'ngida "Kitob o'qishning samarali usullari" hamda "TOP 10 kitob" mavzusida muloqot bo'lib o'tdi.