Farg‘ona davlat universitetini xalqaro va milliy reyting ko‘rsatkichkichlarini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 13 mart kuni Sirtqi bo‘lim Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi Musiqa ta’lim yo‘nalishi talabalariga dars mashg‘ulotlarini olib borish maqsadida Tojikiston Respublikasi B.G‘ofurov nomidagi Ho‘jand davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti dotsenti Saydullo Ubaydullayev tashrif buyurdi. Mehmon sirtqi bo‘lim rahbariyati hamda talabalar tomonidan ko‘tarinki ruhda kutib olindi.
Endilikda S.Ubaydullayev Sirtqi bo‘limi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda 16 mart sanasiga qadar musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalariga mahorat darslarini olib boradi.