Tarbiya avvalo oiladan boshlanar ekan, uning aksini shu muhitda kamol topayotgan farzandlarning oiladan tashqaridagi jamoalar davrasida yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Ota-onalar va pedagoglarning hamkorlikdagi vazifasi yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan sog‘lom, axloqan pok, barkamol inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu boradagi ta’lim muassasalarida ota-onalar bilan o‘tkaziladigan har bir
suhbat yoshlarni katta hayotga qadam qo’yishida hamda
sog‘lom kelajak va sog‘lom muhit sharoitini yaratishiga katta imkon beradi.
Bugungi yoshlarimizning o’y – fikrlari, dunyoqarashlari, orzu-intilishlari hamda o’z oldiga qo’ygan ulkan maqsadlari kabi masalalar yuzasidan, Jismoniy madaniyat fakultetida bitiruvchi kurs talabalarining ota-onalari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.
Unda talabalarning universitet odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, 2022-2023 o’quv yili birinchi yarmi yakuniy natijalari, darslardagi davomat, o'quv jarayoni, malakaviy amaliyot, bitiruvchilarning ishga joylashishi kabimasalalar atroflicha tahlil qilindi.