Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

MEDIA SAVODXONLIKNI OSHIRISH

13:57, 16.03.2023      

Media va axborot savodxonlik — insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi.

Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik — bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllash qobiliyati.

Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir. Yoshlar o’rtasida ommaviy axborot vositalaridan to’g’ri foydalanish hamda ularning media savodxonligini o’stirish maqsadida

“Yosh jurnalistlarning media va axborot savodxonligi, zamonaviy kontentlar tayyorlash va jurnalist surishtiruvi sohasida ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi 3 kunlik o'quv seminarida Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Husniddin Tohirov yosh bloger sifatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.