Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 426
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 328
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​ASSALOM, NAVRO'Z!

17:44, 16.03.2023      

Oʻzbek xalqining allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy „Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida Quyosh yili hisobida yilning birinchi oyi deb sanalgan Farvardin oyi toʻgʻrisida soʻzlab: "Bu oyning birinchi kuni Navroʻzdir, - deydi. Navro’z – kecha bilan kunduzning tenglashgan vaqti “yangi kun” demakdir.O'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana'nalarini o'zida aks ettirgangan, barcha qardoshxalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramdir..

Ayni kunlarda mamlakatimzning har bir go’shasida Navro’zoldi bayram shodiyonalari o’zgacha ko’tarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Xususan, Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti talaba-yoshlari uchun 5-sonli Talabalar turar joyida "Assalom Navro'z" bayram sayli bo'lib o'tdi.

Bayram davomida milliy taom-sumalak va o'zbekona palov tayyorlanib, talabalar tomonidan turli chiqishlarga boy musiqiy dastur namoyish etildi.

Tadbirda O'zbekiston tarixi kafedrasi tomonidan o'tkazilgan olimpiada g'oliblarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi.