Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“KITOBXON TALABA”

19:54, 16.03.2023      

Jahon ahli ikki toifaga boʻlinadi. Birlari kitob oʻqiydiganlar, boshqalari esa kitob oʻqiydiganlar ortidan ergashadiganlar.

Koʻz yugurtirib, yuzaki oʻqilgan kitoblar emas, balki mulohaza yuritib mutolaa qilingan kitoblar insonning bilim saviyasi oshiradi. Jismoniy tarbiyaga, fizkultura mashqlarigatanamiz muhtojlik sezganidek, miyamiz ham aqliy mashgʻulotlarga ehtiyoj sezadi. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai” dir.

Xalqimiz tilida insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Talaba-yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ma'naviy savodxonlikni kuchaytirish hamda ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni ta’minlash maqsadida Farg’ona davlat universitetining Fizika-texnika fakultetida “Kitobxon talaba” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda talabalar o’zlari o’qigan turli mavzulardagi badiiy asarlarini tahlil qilib o’tdilar.