Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 426
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 328
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​ASSALOM, NAVRO'Z!

11:38, 17.03.2023      

Navro'z hayot chirog'ining o'chmasligidan, ona zamin buyuk samo bag'rida aylanar ekan, bobo Quyosh mangu nur sochishidan dalolat. Ko‘rkam ko‘klamning huzurbaxsh nafasi ko‘ngillarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi.

Yoshlar ongiga milliy qadriyatlarni singdirish hamda oliygohda Navro’z bayramini keng nishonlash maqsadida Farg'ona davlat universiteti jamoasi va talaba-yoshlari uchun "Assalom Navro'z" bayram sayli bo'lib o'tdi.

Ushbu sayl davomida yoshlarning milliy - an'anaviy chiqishlari- o'zbekona liboslar, ko'klam nozu-ne'matlari bilan bezatilgan bayram dasturxoni, turli xalqona kuy va qo'shiqlar, laparlar barchaga zavq ulashdi.

Tadbirning tantanali qismini tabrik so'zi bilan ochib bergan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov jamoani hamda talaba-yoshlarni yangilanish, yosharish bayrami boʻlmish Navroʻzi ayyom bilan samimiy qutladi.

Tadbirda ma'naviy-ma'rifiy sohada faollik ko'rsatgan fakultetlar vakillarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi.