Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​XALQARO HAMKORLIK

11:42, 17.03.2023      

Xalqaro hamkorlik doirasida joriy 3–14-mart kunlari Xitoyning Loyan ilmiy tadqiqot instituti olimlari L.Bin va V.Xianqiu Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti Jahon tarixi kafedrasida tarix va arxeologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda magistrlariga dars mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.

Tashrif davomida ikki muassasa o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, talabalar amaliyotini Loyan instituti ob’yektlarida o‘tkazish, Jahon tarixi kafedrasi qoshidagi ilmiy markaz moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, vodiy hududidagi arxeologik yodgorliklarni muzeylashtirish, ilmiy va o‘quv-uslubiy materiallarni yaratish, tayyorlanayotgan kadrlar saviyasi va malakasini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishilib, bu boradagi shartnoma matni imzolash uchun tayyorlandi.

Hamkorlik shartnomasini joriy yilning may oyida Farg‘ona davlat universitetida imzolanishiga kelishib olindi.