Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​TEATR-TARBIYA VA MA'NAVIYAT O'CHOG'I

10:10, 18.03.2023      

San’at va ahloqning bosh mavzusi insondir. San’at insonning maqsadi, manfaatlari, fikr mulohazalari, his tuyg‘ulari, ichki kechinmalari nuqtai nazaridan aks ettirsa, ahloq inson ijtimoy aloqalari va munosabatlarining mag‘ziga singib ketadi. Odamlarning o‘zaro munosabatlari va muomalasi ahloqning bevosita ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi.

Hozirgi kunda estetik tarbiyaning ko‘lami tobora kengaymoqda. Shunga ko‘ra, estetik tarbiya o‘z oldiga talaygina ulug‘vor vazifalarni qo‘ygan; shulardan kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o‘zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; o‘tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg‘otish, milliy g‘urur, milliy iftihor tuyg‘ularini shakllantirish; ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ‘ib qilishga undashdek dolzarb vazifalarni qamrab oladi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti "Iqtidorli talabalar" teatr klubi tomonidan "NAJOTKOR" nomli teatr namoyishi bo'lib o'tdi. Ushbu sahna asarida hozirgi kunda jamiyatdagi insoniylik, oliyjanoblik fazilatlari va razillik, shavqatsizlik kabi illatlar hamda ularning oqibatlari aks etgan hayotiy voqea talabalar tomonidan zo'r mahorat bilan ijro etildi.