Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 426
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 328
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​HAMKORLIK

10:13, 18.03.2023      

Davlatimiz rahbarining shu yil 6 - noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni taʼlim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy taʼlim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada Farg’ona davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tilini o`qitish metodikasi kafedrasi vakillari Marg`ilon shahrida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabida chet tillari o`qituvchilarida C1 milliy daraja sertifikati va unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatlar va ularni olish borasidagi ko`nikmalarini oshirish hamda chet tili darslarida multimedia vositalardan foydalangan holda darslarni olib borish borasida bilim-ko`nikmalarni hosil qilish maqsadida seminar trening o`tkazdilar.