Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

NAVRO’Z TANTANALARI

13:24, 18.03.2023      

Bahor - fasllar gulshani, uyg'onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq urib yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug'ilishidan bahra oladi, zavqlanadi.

Turkiy xalqlar ham Navro'z bayramini, ya'ni yangi kunning tug'ilishini aynan bahor faslida nishonlashi bejiz emas. Navro`z - bahor, yangi yil bayrami. “Navro`z" atamasi ikki fors so'zidan tashkil topgan bo'lib “nav" - yangi, “ro'z" - kun ya'ni, “yangi kun" degan ma'noni bildiradi.

Navro'z – turkiy xalqlarning eng ommaviy va go'zal bayramidir.

Bayramning kirib kelishi bilan ko'pgina o'zbek oilalar sumalak, xalim, ko'k somsa, palov kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Yurtimizda o'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana'nalari kuchga aylangan Navro'z bayramini nishonlash o'ziga xos tusga ega bo'lib, bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramidir.

Xalqimizning umumbashariy bayramiga aylangan Navro’z tantanalari Farg’ona davlat universitetida keng nishonlanmoqda.

Ushbu milliy ayyomga bag'ishlangan bayram dasturi jamoaga ko'tarinki bahoriy kayfiyat bag'ishladi.