Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 426
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 328
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

ASSALOM NAVRO’Z!

13:25, 18.03.2023      

Navro'zi olam biz uchun eng qadimiy, asl milliy, urf-odatlarimizga va qadriyatlarimizga yo’g’rilgan bayramdir. Ko’klam ruhi har bir insonni ona zaminning, tabiatning ajralmas uzviy qismi ekanini, tabiatning naqadar go'zal ekanini his qilib, uni e'zozlab, hamnafas bo'lib yashashga undashi bilan bizga qadrlidir.

Har gal Navro'z eshik qoqib kelayotganida ajib tuyg'ular hayolimizdan o'tadi. Bu ulug' tenglashuv zimmasida nechog'li buyuk mas'uliyat mavjudligini his etamiz. Navro'z bahoriy kayfiyat, sho'x-shodonliklar, tansiq taomlar, qizaloqlar sochidagi tolpopuklargina emas, u yangi umid, yangi reja, ruhiyatimizdagi yangi tozarish ayyomi hamdir.

Farg’ona davlat universitetining Navro'z ayyomi tantanalari doirasida talaba-yoshlar xalqimizning eng suyukli taomi bo'lgan palov tayyorlash bo'yicha o'zaro oshpazlikda bellashdilar. Unda palov tayyorlashning ondan ortiq usullarini namoyish etdilar.