Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

XUSH KELDING, NAVRO’Z!

13:28, 24.03.2023      

Navro‘z bayramiga yangicha tarovat va joziba baxsh etdi. Azaliy va abadiy bayramimiz – Navro‘z katta tantana bilan muntazam ravishda nishonlana boshlandi. "Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan o‘tkazadigan Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo‘lib kelmoqda" desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Binobarin, Navro‘z eng ulug‘ qadriyatlarimizdan biri sifatida bugun qalblarimiz va ongu-shuurimizdan mustahkam o‘rin oldi. U ko‘hna olamning qayta yasharishi va yangilanishining betakror timsoliga, qolaversa, xalqimizning aziz va ezgu bayramlaridan biriga aylandi!

Navro'z bayramlari doirasidagi tadbirlar Farg'ona davlat universitetida davom etmoqda. Xususan, Axborot-resurs markazida milliy an’analarga asoslangan holda keng nishonlandi.