Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​YOSHLAR TURIZM KARVONI

08:41, 25.03.2023      

Navro’z shodiyonalari arafasida “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida yoshlarimizni madaniy meros markazlari bilan yaqindan tanishtirish va tariximizni jonli aks ettiruvchi O‘zbekistonning mashhur shaharlari va ularning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkillash maqsadida Farg’ona davlat universiteti talaba-yoshlari jamoasidan tashkil topgan “Yoshlar turizm karvoni” ro'yi zamin sayqali- Samarqand shahriga yo’l oldilar.

Oliygoh rahbariyati tomonidan tashkil etilgan ushbu sayohat zamirida yoshlarimiz o’rtasida ziyorat turizmi salohiyatini yuzaga chiqarish, O‘zbekistonni jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida tanitish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak eʼtirofga sazovor bo‘lgan qadimiy obidalarni asrab–avaylashga o’rgatish shuningdek, turizm eksportini oshirish kabi maqsadlar mujassamdir.

Sayohat davomida yoshlarimiz tarixda madaniyat va ma’rifat o’chog’Ibo’lgan Ko’hna Movarounahrning poytaxti bo’lgan Samarqand shahriningduyoga mashhur Registon maydoni, Ulug’bek rasadxonasi, Bibixonim madrasasi, Go’ri Amir maqbarasi hamda O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat etdilar.

Ushbu sayohat talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirib, talabalikning o’chmas xotiralaridan biri sifatida qalblarida chuqur muxrlanib qolishiga ishonamiz.