Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​HASHAR - ELGA YARASHAR!

08:48, 25.03.2023      

Qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne'matlari majmuidir. Qadriyatlar ahloqiy qoida va me'yorlar, g'oyalar va maqsadlardagi baholash mezoni hamda usullarini o'zida aks ettiradi: Ular halollik, poklik, o'zaro yordam va adolatliligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar: burch, vijdon, or-nomus, mas'uliyat kabi ahloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo'ladi.

Kelajagimizning munosib vorislari-yoshlarimizning barkamol inson qilib tarbiyalashda ajdodlar merosiga tayanish, ayniqsa milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash nihoyatda muhimdir.

Hashar xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat, bunyodkorlik mujassam.

18-mart— umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni!

Erta tongdan Farg'ona davlat universitetida umumxalq hashari uyushqoqlik bilan boshlanib, Fizika-texnika, Matematika-informatika fakultetlarida davom etmoqda.