Ma’lumki, yurtimizda oliy ta’lim sohasida dunyoning rivojlangan mamlakatlari, oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama munosabatlar ko‘lamlarini kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada, Farg’ona davlat universiteti, Hindistonning nufuzli universitetlari bilan xalqaro hamkorliklarni yo’lga qo’ygan. Ushbu hamkorlik zamirida xorijiy pedagogik tajribalardan foydalangan holda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda o‘zaro hamkorlikda professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishga qaratilgan pedagogik almashinuvlarni tashkil etish alohida o‘rin tutadi.
Xususan, Chet tillari fakulteti Ingliz tili kafedrasi hamda SASTRA Universiteti (Hindiston) professor- o'qituvchilari hamkorligida onlayn mashg'ulot tashkillandi.
Ingliz tili kafedrasi mudiri Dilshoda Mirzayeva va katta o‘qituvchisi Dona Usmonova SASTRA universiteti talabalariga ma‘ruza o‘tdilar. Kelajakda hamkorlikni davom ettirish maqsadida online mashg’ulotlar rejalashtirildi.