Futbol bu chinakam atlеtik o’yin. U tеzkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va sakrovchanlikni rivojlantirishga yordam bеradi. Bu esa insonning funksional imkoniyatlari darajasini oshirishga, ma’naviy, irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam bеradi. Futbol o’ynash umumiy jismoniy tayyorgarlik ko’rishda yaxshi vosita bo’lib xizmat qila oladi.
Muxtaram Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi ustivor tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirish ijrosini bajarish maqsadida farg’ona davlat universitetining Harbiy ta'lim fakulteti talaba-yoshlar o'rtasida mini futbol sport turi bo'yicha "Dekan kubogi" musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tdi.
Natijalarga ko'ra 1-o'rin va "Dekan kubogini" 2- bosqich 21.106 guruh jamoasiga nasib etdi va sovrinni Farg'ona garnizoni harbiy prokurori adliya polkovnigi Sh.Saidov topshirdi. Shuningdek, 2-o'rinni 1-bosqich 22.123guruh jamoasi hamda 3-o'rinni 3-bosqich 20-134 guruh jamoalari egalladilar.
G'olib jamoalar fakultet boshlig'i polkovnik I.Saidov tomonidan medallar, diplomlar, faxriy yorliq, qimmat baho sovg'alar va badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.